Nega hamma blog yuritishi kerak? By Dilafruz Turdikulova
Ko'pchilik shaxsiy blogini yuritishni xohlaydi ammo ba'zi faktorlarni inobatga olib, bu fikridan qaytadi. Bu postda nega blog yuritish kerakligini chiroyli tarzda tushuntirishga harakat qilaman. Birinchidan, blogging ya'ni shaxsiy blogingizni yuritish o'zingiz va sizni mahoratlaringizni ko'rsatib berishning eng zo'r yo'li. Siz hech o'ylab ko'rgansizmi, nega ba'zi restoranlarda odamlar boshqa restoronlarga qaraganda ko'proq, nega ba'zi restoronlar boshqa raqobatdoshchilariga nisbatan ko'proq daromad qiladi? Aslida ikkala restoranni joylashuvi, servisi qulay. Ularni ajratib turgan narsa - marketing. Keling, chef (oshpaz)ni misol qilib olamiz. Dunyoda yoki O'zbekistonda talantli va ishini ustasi bo'lgan oshpazlar siz va men o'ylagandan ancha ko'p. Ammo ularning aksariyati mashhurmas, ko'pchilik ularni tanimaydi. Va bu yerda odamlar juda yaxshi taniydigan, ishidan million daromadlar qiladigan oshpazlar bor. Masalan, ...