Nega hamma blog yuritishi kerak? By Dilafruz Turdikulova

 Ko'pchilik shaxsiy blogini yuritishni xohlaydi ammo ba'zi faktorlarni inobatga olib, bu fikridan qaytadi. Bu postda nega blog yuritish kerakligini chiroyli tarzda tushuntirishga harakat qilaman.


Загрузка файла (загружено байтов: 55887 из 55887)…
Birinchidan, blogging ya'ni shaxsiy blogingizni yuritish o'zingiz va sizni mahoratlaringizni ko'rsatib berishning eng zo'r yo'li. Siz hech o'ylab ko'rgansizmi, nega ba'zi restoranlarda odamlar boshqa restoronlarga qaraganda ko'proq, nega ba'zi restoronlar boshqa raqobatdoshchilariga nisbatan ko'proq daromad qiladi?

Aslida ikkala restoranni joylashuvi, servisi qulay. Ularni ajratib turgan narsa - marketing. 

Keling, chef (oshpaz)ni misol qilib olamiz. Dunyoda yoki O'zbekistonda talantli va ishini ustasi bo'lgan oshpazlar siz va men o'ylagandan ancha ko'p. Ammo ularning aksariyati mashhurmas, ko'pchilik ularni tanimaydi. Va bu yerda odamlar juda yaxshi taniydigan, ishidan million daromadlar qiladigan oshpazlar bor. Masalan, Gordan Ramseyga o'xshash. Gap Gorden Ramsey talantliroq ekanligida emas, shunchaki u o'zini to'g'ri reklama, marketing qilishni va o'z qobiliyatidan to'g'ri foydalanishni biladi. 

 (Gorden brat)


Boshqa sohalarda ham xuddi shu narsa. Siz eng zo'r ITishnik bo'lishingiz mumkin, ammo sizni tirikligizni hech kim bilmasa, bu befoyda. Albatta, siz zo'r ITishnik bo'lganiz uchun, zo'r ishga kirasiz, ammo sizdagi bor potensialdan foydalanmagan bo'lasiz. Honimlar va janoblar, sizni xizmatingiz/produktingizni samarali sotish yo'li - to'g'ri marketing qilish.

Ikkinchidan, qobiliyatlaringizni kuchliroq qilishning eng zo'r yo'llaridan biri blogizni yuritish. Hayolingizdagi narsalarni yozish, miyadagi hujaylar uchun mashq qilishga o'xshaydi (gym for your muscles). Qancha ko'p yozsangiz, shuncha yaxshiroq yozadigan bo'lasiz, fikrlaringiz tartiblanadi va yaxshi kommunikator bo'lasiz. Shuningdek, siz qaysidir mavzu haqida chuqur yozmoqchi bo'lsangiz, research qilasiz. Sababi, siz yozgan narsalarni boshqalar ko'radi, shu sababli qo'lingizdan kelgancha yaxshiroq yozishga harakat qilasiz. Natijada, ma'lum mavzuda baziviy bilimlarga ega bo'lasiz.

"Man ekspert emasman, hech qaysi sohani mukammal bilmayman" deganlarni eshitganman. Shu kabi insonlarga 3ta narsani aytaman. Birinchi, siz o'rgatish, research qilish va yozishni o'rganasiz blog yuritish davomida. Ikkinchi, obunachilar soni muhim emas. Uchinchi, har bir insonda boshqalarga berish uchun bilim/tajriba bo'ladi. Balki, sizda boshqalarga o'xshamaydigan fikrlar bordir, yoki sizning o'tmishingiz boshqalarnikiga o'xshamas. Agar siz o'zingizni sohangizda yangi boshlayotganlardan bo'lsangiz ham, atrofingizda fitfillionta odam bo'ladi sizdan nimadir o'rganish uchun. Sababi, insonlar o'zi bilmagan narsasini o'zlaridan oz bo'lsa ham oldinda bo'lgan odamdan o'rganishni xohlaydi. 

Men ham ekspert emasman. 1K obunachilar bor odamlar ekspert emas. Men shunchaki mendan 1-2 qadam orqada bo'lganlar uchun yozaman. Ba'zi odamlar yozganlarimni foydali deb topadi va bu jarayonda men o'zimni yaxshiroq taniyabman. 

Hamma gap fikrlashda, niyatda. Yaxshi niyat qilib, aniq maqsad qo'ying va harakat qiling

Cheers (a.k.a oldik) 🥂

PM va Telegram progrev/zapuskchi Dilafruzingiz


Комментарии